18:12 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
912 0 0

Qirgʻiziston IIV respublika prezidenti Sooronbay Jeenbekovning qayerdaligi nomaʼlumligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning qayerdaligi nomaʼlum. Ichki ishlar vazirligi uni qidirish ishlari bilan shugʻullanmayapti. Bu haqda vazirlik rahbari vazifasini bajaruvchi Kursan Asanov maʼlum qildi.

“Uning qayerdaligi bizga nomaʼlum. Biz uni qidirmayapmiz, hozir boshqa ishlar koʻp. Asosiysi – tartibni taʼminlash”, - dedi u. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda navbatdagi parlament saylovlaridan soʻng vaziyat keskinlashgan edi. Natijalardan norozi boʻlgan muxolifat partiyalari norozilik namoyishlari oʻtkazish uchun koʻchalarga chiqishgan. 5 oktyabr kuni kechqurun ular parlament binosini va prezident maʼmuriyatini egallab olishgan. Shundan soʻng namoyishchilar Davlat xavfsizlik qoʻmitasidan sobiq prezident Atambayev va yana bir necha kishini ozod qilishgan. Qirgʻiziston MSK boʻlib oʻtgan saylovlar natijalarini bekor qilgan. 

Toʻqnashuvlarda mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Bir kishi esa halok boʻldi. Qirgʻiziston bosh vaziri Kubatbek Boronov isteʼfoga chiqdi. Prezident Sooronbay Jeenbekovning matbuot kotibining taʼkidlashicha, davlat rahbari Bishkekda va vaziyatni nazorat qilmoqda. Jeenbekov bir necha marta muxolifatchilarni muloqotga chaqirgan edi, biroq hozircha hech qanday rasmiy muzokaralar boʻlmadi.

Asosiy mavzular