13:14 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
329 0 0

Rossiya prezidenti Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarini insonparvarlik maqsadlarida jangovar harakatlarni toʻxtatib turishga chaqirdi.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Togʻli Qorabogʻ mojarosi ishtirokchilarini jangovar harakatlarni toʻxtatishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat munosabati bilan murojaat qilgan, mojaro tomonlarini jangovar harakatlarni insonparvarlik nuqtai-nazaridan toʻxtatishga chorlagan.

Kreml matbuot-xizmati xabariga koʻra, Rossiya prezidenti Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan bir necha telefon suhbatlarini oʻtkazgan va asir almashish hamda qurbonlar tanalarini yigʻib olish uchun jangovar harakatlarni toʻxtatib turishga chaqirgan. 

"Ushbu masalalar boʻyicha Rossiya ishtirokida muzokaralar oʻtkazish maqsadida Moskvaga 9 oktyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari taklif qilinadi", - deyilgan Kreml xabarida.  

Eslatib oʻtamiz, Togʻli Qorabogʻda jangovar harakatlar 27 sentyabr kuni yangilandi. Ozarbayjon va Armaniston bir-biriga zarbalar berishni boshladi. Ayni damda Armanistonda toʻliq mobilizatsiya eʼlon qilingan, 18-55 yoshli erkaklarga mamlakatni tark etish taʼqiqlangan. Ozarbayjonda qisman mobilizatsiya eʼlon qilingan. 

Rossiya, AQSH va Frantsiya rahbarlari tomonlardan jangovar harakatlarni toʻxtatishni talab qilishmoqda. 

Asosiy mavzular