22:09 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
553 0 0

"Tolibon" radikal harakatining bir guruh jangarilari Tojikiston va Afgʻoniston chegarasida joylashgan hududga hujum uyushtirdi

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Afgʻoniston shimoli-sharqida "Tolibon" radikal harakati uyushtirgan hujum oqibatida kamida olti kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda mahalliy Tolo News telekanali.

Hodisa Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz provintsiyasida yuz bergan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, toliblar Imom Shoxib tumanidagi nazorat-oʻtkazish punktiga hujum uyushtirganlar. Jangovar toʻqnashuvlar davomida Afgʻoniston xavfsizlik kuchlarining olti nafar xodimi halok boʻlishgan. Yana 15 kishi asir olingan.

Afgʻonistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" oʻrtasidagi kurash davom etmoqda. Toliblar mamlakatning qishloq hududlarida kattagina yerlarni egallab olgan va yirik shaharlarga hujumga oʻtgan.

Mamlakat hududida "Islom davlati" terroristik uyushmasi taʼsiri kuchaygan.

Sentyabr oyida Qatarda bir necha oʻn yillar davomida birinchi marta Afgʻoniston hukumati va "Tolibon" radikal harakati oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar boshlandi. Muzokaralar oʻzaro asir almashinuvidan soʻng roʻy bergan edi.

Asosiy mavzular