Mushuklar bilan sayohat qilish uchun butun kupeni sotib oldi

© Mosmap"Puteshestvie s domashnimi jivotnimi" - passajir vikupil vse kupe dlya koshek
Puteshestvie s domashnimi jivotnimi - passajir vikupil vse kupe dlya koshek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mushuklarni yaxshi ko‘ruvchi moskvalik yo‘lovchi bir necha kunlik yo‘lda uy hayvonlari qiynalmasliklari uchun, poyezdning butun kupesini sotib oldi.

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Moskvada yo‘lovchi mushuklar bilan birga bir necha kunlik temiryo‘l sayohati uchun vagonining bitta kupesini to‘liq sotib oldi. Bu haqida 8-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalga fotosuratga asosan mahalliy telekanallar xabar qilmoqda. 

Fotosuratdan ma’lum bo‘lishicha "Moskva - Anapa" yo‘nalishidagi poyezd vagonida kupelardan biri bir nafar yo‘lovchi va uning 10ga yaqin mushuklari bo‘lgan.  

Rossiya Temir yo‘llari qoidalariga ko‘ra, uy hayvonlari egalari sumkaga sig‘maydigan hayvon bilan sayohatga chiqsa u boshqa yo‘lovchilarga xalal bermaslik uchun, poyezd kupesidagi o‘rinlarni to‘liq sotib olishi kerak. Kichik uy hayvonlarini maxsus sumkaga solib qo‘l yuki joylashtiriladigan polgaka qo‘yish mumkin. Ular uchun qo‘shimcha o‘rin sotib olish kerak emas. 

Mushukboz yo‘lovchi o‘z hayvonlarini juda yaxshi ko‘radi shekilli, shu sabab ularni bir necha kun davomida sumka ichida qolmasliklari uchun aolhida kupe xarid qilgan.

Yangiliklar lentasi
0