TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Bishkekdagi Ala-Too maydonida otshma sodir boʻldi. Oʻq ovozini eshitgan olomon 4 tomonga qarab qochdi. Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.
Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, aniqlanmagan shaxslar Atambayevning mashinasiga oʻq uzgan. Keyinroq u yerda 2ta jangovar patron gilzasi topilgan.
Ushbu voqeadan biroz oldin Ala-Too maydonida 2ta turli muxolitfat guruhlari orasida toʻqnashuv boʻlgan. Bir tomondan Almazbek Atambayev, Omurbek Babanov va uyushgan jinoyatchilikka qarshi boʻlganlar ikkinchi tomondan Sadыr Japarov tarafdorlari kelishgan. Muxolifatchilar bir-birlarini toshboʻron qilishgan edi. Keyinroq Japarov tarafdorlari Ala-Too maydonini egallashgan.
Soʻnggi damda olingan maʼlumotlarga koʻra, Ala-Too maydonida yana bir necha kishi jarohatlangan. Ulardan biri siyosatchilardan birining tan soqchisi ikkinchisi muxolifatchi Toktogaziyev.