Britaniya Belarusdan elchisini chaqirib oldi

© Sputnik / Aleks Maknoton / Mediabankka o‘tishFlag Velikobritanii na fone Vestminsterskogo dvorsa v Londone
Flag Velikobritanii na fone Vestminsterskogo dvorsa v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniya hukumati Polsha va Litvaga birdamlik ramzi sifatida Belarusdagi elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib olishga qaror qildi

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Buyuk Britaniya hukumati Polsha va Litvaga birdamlik ma’nosida Belarusdagi elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib olish qarorini qabul qildi. Bu haqda Britaniya TIV rahbari Dominik Raab Twitterda ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na seremonii inauguratsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya va Kanada Lukashenkoga qarshi sanksiya kiritdi

"Buyuk Britaniya Belarusning polshalik va litvalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qoralaydi. Bu mutlaqo asossiz va belarus xalqini izolyatsiyalaydi. Birdamlik ramzi sifatida Belarusdagi vaziyat bo‘yicha maslahatlashish uchun elchimizni vaqtinchalik chaqirib olmoqdamiz", - deb yozgan Raab.

Belarusning YeI davlatlari bilan munosabatlari 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan so‘ng keskin yomonlashdi: MSQ ma’lumotlariga ko‘ra, unda oltinchi bor Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongan edi. Respublika muxolifati Svetlana Tixanovskayani saylangan yetakchi, deb hisoblaydi. Yevroittifoq Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti sifatida tan olmadi. Saylovlardan so‘ng mamlakatda ommaviy norozilik aksiyalari davom etib kelmoqda.

Uchastnitsa nesanksionirovannogo jenskogo marsha Podruga za podrugu v Minske - Sputnik O‘zbekiston
O‘zi pishirgan oshni o‘zi yesin - YeI va AQSh Polshaga Lukashenkoni yengishda yordam bermaydi

Belarus TIV 2-oktabrda Polsha va Litvaga 9-oktabrga qadar mamlakatdagi diplomatlar sonini 50 nafardan 18 nafargacha va 25 nafardan 14 nafargacha qisqartirishni taklif etgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

Belarusning Polsha va Litvadagi elchilari maslahatlashuv uchun Minskka chaqirtirib olindi. Belarus TIV bayonotiga ko‘ra, bu harakatlar YeIning ushbu ikki mamlakati tomonidan Minskka nisbatan "ochiq nodo‘stona harakatlari" bilan bog‘liq. Ular ichki ishlarga aralashuvini yashirmayapti, Belarusning bazaviy suveren huquqlarini rad etmoqda.

Badavlat burjuychalar va aytishniklarga hokimiyat kerak bo‘lib qoldi - Lukashenko >>>

Keyinchalik Polsha va Litva elchilari Belarusdan maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib olingan edi.

Belarus hukumati sal avval ham protest aksiyalari chet eldan muvofiqlashtirilayotgani to‘g‘risida o‘z bayonotlarida ko‘plab marotaba ta’kidlagan edi. Lukashenko g‘arb davlatlarini respublikadagi vaziyatga bevosita aralashuvda aybladi va tartibsizliklar AQSh tomonidan yo‘naltirilayotgani, yevropaliklar esa ularga "qo‘shilib o‘ynayotganini" aytdi.

Protest aksiyalari muvofiqlashtirilayotgan davlatlar sifatida Lukashenko Polsha, Chexiya, Litva va Ukrainani sanab o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0