13:00 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
57021

Kelishuv 10 oktyabr 12.00dan boshlab kuchga kiradi. Tinchlik rejimi harbiy asirlar va asirlikda saqlanib turgan boshqa shaxslar, shuningdek, halok boʻlgan askarlar jasadlari bilan oʻzaro almashish maqsadida oʻrnatilmoqda. Qizil Xoch jamiyati vositachilik qiladi.

TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Armaniston va Ozarbayjon Moskvada boʻlib oʻtgan oʻn soatlik muzokaralar yakuniga koʻra Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish haqida kelishuvga erishdi, deb xabar qiladi RIA Novosti RF TIV rahbari Sergey Lavrovga tayangan holda.

Kelishuv 10 oktyabr 12.00dan boshlab kuchga kiradi. Tinchlik rejimi harbiy asirlar va asirlikda saqlanib turgan boshqa shaxslar, shuningdek, halok boʻlgan askarlar jasadlari bilan oʻzaro almashish maqsadida oʻrnatilmoqda. Qizil Xoch jamiyati vositachilik qiladi.

Oʻt ochishni toʻxtatishning aniq shartlari qoʻshimcha ravishda kelishiladi.

Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya TIV rahbarlari Zograb Mnatsakanyan, Jeyxun Bayramov va Sergey Lavrov oʻrtasidagi muzokaralar Moskvada juma kuni boshlandi va shanbaga oʻtar kechasi yakunlandi.

Sal avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya poytaxtida Armaniston va Ozarbayjon davlatlarining TIV rahbarlari darajasidagi maslahatlashuvlarini oʻtkazish taklifi bilan murojaat qilgan edi.

Togʻli Qorabogʻdagi mojaro 1988 yildan buyon oʻz yechimini topmay keladi.

Asosiy mavzular