TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston agentligi uning partiyasiga tayangan holda.
Sal ilgariroq, nashr, Atambayevning Qoʻy-Toshdagi uyiga spetsnaz yetib kelgani haqida xabar bergan edi.
Atambayevdan tashqari, uning tarafdorlari - sobiq tan soqchilari Damir Musakeyev va Kanat Saginbayevlar ham qoʻlga olingan. Qirgʻiziston Davlat xavfsizlik xizmati rasmiy bayonotiga koʻra, siyosatchini Bishkekda ommaviy tartibsizliklar tashkil etish jinoiy ishi doirasida qoʻlga olishgan.
6 oktyabrga oʻtar kechasi Bishkekdagi voqealar vaqtida Atambayev DMXX SIZOsidan ozod qilingan edi. Atambayev kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi ishi boʻyicha sud qilingan, hamda Qoʻy-Toshdagi voqealar ishi figuranti hisoblanadi.