08:51 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
1670 0 0

"Ala-Archa" davlat qarorgohida Jogorku Keneshning navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Hukumat rahbari lavozimiga Sadir Japarov tasdiqlandi

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Qirgʻizistonning yangi tayinlangan bosh vaziri - Sadir Japarov, ehtimol, Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi mumkin, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Japarov matbuot-anjumanida Rossiya Qirgʻizistonning bosh strategik sherigi boʻlib qolishini maʼlum qilgan.

"Rossiya bizning asosiy strategik sherigimiz va shundayligicha qoladi. Bizni koʻp narsa bogʻlab turadi, xususan, geosiyosiy tomonlama ham", - degan yangi bosh vazir.

Navbatdan tashqari yigʻilishda JK spikeri Miktibek Abdildayev isteʼfo bergani maʼlum boʻlgan, uning vazifasini spiker oʻrinbosari Mirlan Bakirov bajarishga kirishgan.

Japarov yigʻilishda, deputatlar hukumat tarkibi, dasturi va tuzilmasini toʻliq tasdiqlashlari bilan isteʼfoga chiqishga roziligini bayon etganini aytgan.

Qonunga muvofiq, prezident isteʼfosidan soʻng mamlakat rahbari vazifasini bajaruvchisi funktsiyalari bosh vazirga oʻtadi. 

Qirgʻizistonda saylovlardan keyingi tartibsizliklar

Qirgʻizistonda toʻrtinchi oktyabrda mamlakat parlamentiga saylovlar boʻlib oʻtdi, uning yakunlariga koʻra,  qonunchilik organiga saylov kampaniyasida ishtirok etgan 16 partiyalarning atigi 4tasi parlamentga saylanishga muvaffaq boʻlgan.

MSQ ilk maʼlumotlari ommaviy protestlarni keltirib chiqardi, natijada poytaxt Bishkek va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida tartibsizliklar avj oldi. Namoyishchilar parlament binosini egallashdi, sobiq prezident Almazbek Atambayev va uning bir qator tarafdorlarini hibsdan ozod qildilar.

Shunday bir sharoitda markaziy saylov qoʻmitasini tarqatib yuborish va yangi saylovlarni oʻtkazish qarori qabul qilindi, ammo bu qadam hozircha holatning barqarorlashuviga olib kelgani yoʻq.

Asosiy mavzular