Koronavirus pandemiyasi yana bir yil davom etadi - Rossiya bosh pulmonologi

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya vrachey ot koronavirusa v Krasnodare
Vaksinatsiya vrachey ot koronavirusa v Krasnodare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biz pandemiya bilan bog‘liq vaziyat kuzda yomonlashishini kutgan edik va shu sababli "qizil zonalarni" yopmagan edik - bosh pulmonolog.

TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi 2022-yilning yozigacha davom etadi, dedi Rossiya Sog‘shliqni saqlash vazirligining bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori Sergey Avdeyev MK nashriga. 

"Pandemiya borasida - biz hali yana bir yildan ortiq ana shunday noodatiy sharoitlarda yashashimizga to‘g‘ri keladi", - dedi Avdeyev. 

Vaziyat aynan shunday rivojlanishiga biz tayyor edik. Iyul-avgustda kasallanganlar soni kam bo‘lsada, biz "qizil zona"larni saqlab qolgan edik. 

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya vaqtida o‘zbekistonliklarni RFga ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Ko‘pchillik hozir vaziyat may oyidagidan ham yomon, deyapti, lekin aslida unday emas. To‘g‘ri kasalxonalarda odam ko‘p, lekin shifokorlar ham koronavirusga qarshi kurashishni ancha o‘rganib olishdi.

Davolash uslublari doimo o‘zgarib tursada, lekin umumiy hisobda ushbu kasallikning jilovini qo‘lga olindi. Biz qanday holarda atibiotiklardan foydalanish kerakligini ham tushundik. Ular juda kam bemorlarga yordam beradi. Ma’lumotlar bazasi doimo yangilanib bormoqda. Biz ko‘plab terapiya uslublariga yondashuvni o‘zgartirdik, dedi shifokor. 

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin yana bir rossiyalik epidemiolog Mixail Favorov ham pandemiya 2022-yilda yakunlanishi haqida OAVlarga xabar bergan edi. Xususan, Favorov kuz kelishi bilan Rossiyada pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yomonlashuvi kutilgan holat edi.  Ushbu yil  oxiri va yanagi yilning boshida Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin oshadi. 2021-yil oxiriga kelib kasallanish holatlari kamayadi, 2022-yil boshidan boshlab epidemiya bilan bog‘liq vaziyat yaxshilana boshlaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0