13:39 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
240 0 0

Emomali Rahmon navbatdagi prezident saylovlarida gʻolib boʻldi. Unga saylovchilarning 90,92 foizi ovoz berdi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Tojikistonda prezident saylovlarida amaldagi prezident Emomali Rahmon gʻolib boʻldi. Unga saylovchilarning 90,92 foizi ovoz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Saylovda saylovchilarning 85,39 foizi ishtirok etgan.

Tojikistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarining dastlabki natijalari quyidagicha:

90,92% - Emomali Rahmon

3,3% - Rustam Latifzoda

2,15% - Rustam Rahmatzoda

1,7% - Miroj Abdulloyev

1,49% - Abduhalim Gʻafforov.

Eslatib oʻtamiz, 11 oktyabr kuni, mustaqil Tojikiston tarixida oltinchi prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Bu yil mamlakat prezidenti lavozimiga 5 nafar nomzod daʼvogarlik qildi: Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi va respublika Yoshlar ittifoqi, Xalq demokratik partiyasidan Emomali Rahmon, Agrar partiyasidan Rustam Latifzoda, Sotsialistik partiyasidan Abduhalim Gʻafforov, Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda va Kommunistik partiyadan Miroj Abdulloyev.

Asosiy mavzular