Dushanbeda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

© © Sputnik / Amir IsayevPredvibornoe oformlenie goroda Dushanbe
Predvibornoe oformlenie goroda Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe ko‘chalarida hukumat binolari oldida va odamlar gavjum joylarda kuch ishlatar tuzilmalarning maxsus texnikasini ko‘rish mumkin.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbeda prezident saylovlari yakunlarini e’lon qilish vaqtida yuqori xavfsizlik choralari ko‘rildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Vibori prezidenta v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda prezident saylovlari natijalari e’lon qilindi

Poytaxning markaziy ko‘chalarida qo‘riqlash kuchaytirilgan, respublika Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi joylashgan bino yaqinidagi kafe va restoranlar vaqtincha yopilgan.

Dushanbe ko‘chalarida hukumat binolari oldida va odamlar gavjum joylarda kuch ishlatar tuzilmalarning maxsus texnikasini ko‘rish mumkin.

Na o‘tgan prezident saylovlarida, na bahorda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida bunday choralar ko‘rilgan.

11 oktabr kuni Tojikistonda navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon unda 90,92 foiz ovoz to‘plab, g‘olib bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0