13:14 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
471 0 0

Qirgʻiziston prezidenti imzolagan yangi farmonda yozilishicha, favqulodda holat 12 oktyabr soat 20:00 dan 19 oktyabr soat 7:00 gacha kiritiladi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Bishkek hududida takroran favqulodda holat eʼlon qildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, bunga Jogorku Kenesh uch kun ichida avval poytaxt hududida favqulodda holat joriy etilishi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqmaganligi sabab boʻlgan.

Yangi farmonda yozilishicha, favqulodda holat 12 oktyabr soat 20:00 dan  19 oktyabr soat 7:00 gacha kiritiladi. Lekin bu farmon ham parlament tomondan tasdiqlanmasa, favqulodda holat avtomatik ravishda 15 oktyabr kuni bekor qilinadi.

MO davlatlari yetakchilari Qirgʻiziston boʻyicha qoʻshma bayonot bilan chiqishdi

Prezident farmoniga binoan ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Almazbek Orozaliyev komendant etib tayinlangan.

Qirgʻiziston kosasi toʻlgan kun - tartibsizliklarga nima sabab boʻldi

Eslatib oʻtamiz, 9 oktyabr kuni Sooronbay Jeenbekov farmoni bilan Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda favqulodda holat eʼlon qilingan edi. Favqulodda holat tartibi oʻsha kun mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan boshlanib, 21 oktyabr 8:00 gacha amal qilishi kerak edi.

Asosiy mavzular