21:37 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
99620

Turkiyaning Sabah nashri inson organizmiga salbiy taʼsir qiladigan 8ta mahsulotlar nomini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Turkiyaning Sabah nashri sogʻlom organizmni yoʻq qiladigan 8ta mahsulotlar nomini maʼlum qildi.

Zararliligi boʻyicha birinchi oʻrinda - shakar. U teri, tanadagi lipidlar va oqsillarga zarar yetkazishi mumkin.

Qovurilgan yogʻli ovqatlar, fastfud, margarin, shuningdek konservalar - ularning tarkibida trans yogʻlar mavjud boʻlib, ular qon tomirlariga zarba beradi, qon aylanishini sekinlashtiradi va yurak xastaligi xavfini oshiradi. Qovurilgan kartoshka teri hujayralariga ham zarar yetkazishi mumkin.

Achchiq ovqatlar ham inson qon aylanish tizimiga taʼsir qiladi - qon tomirlarini kengaytiradi, bu esa yoshga bogʻliq oʻzgarishlarga olib keladi.

Nashr yozishicha, koʻmirda pishirilgan goʻshtni isteʼmol qilish qarishni tezlashtiradi.

Asosiy mavzular