13:35 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
97820

Qora murch tarkibida boʻlgan "piperin" moddasi - SARS-CoV-2 koronavirusning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Qora murch tarkibida boʻlgan piperin moddasi - SARS-CoV-2ning koʻpayishi va inson organizmiga kirib borishga javob beradigan qismlarining faolligiga toʻsqinlik qilishi mumkin. Bunday xulosaga Hindiston Texnologiya Instituti olimlari kelishdi.

Tadqiqotchilar 30 ta ziravorning virus bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganishdi va kompyuter modellashtirish yordamida ularning hammasi u yoki bu darajada protein S bilan (virusning xujayra retseptorlari bilan birikishiga yordam beradi) va asosiy proteaz (virusning koʻpayishi uchun javob beradi) bilan bogʻlanishini aniqladilar, ammo eng faoli piperin. Bu modda qora murchda uchraydi va uning oʻtkir taʼmi va xushboʻyligiga javob beradi.

"Izvestiya" nashri xabar berishicha, rossiyalik olimlar bu mexanizm nafaqat kompyuter modelida, balki real hayotda ham ishlashi mumkinligini taʼkidlamoqda. Buning uchun tajribalar oʻtkazish kerak boʻladi. Mutaxassislar “qora murch immunitetni koʻtaradi, shamollash va virusga qarshi vosita boʻla oladi”, deb taʼkidladi.

"Koʻp jihatdan murch tarkibidagi birikmalarning virusli zarralar va bakteriyalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro taʼsiri bilan emas, balki organizmning himoya xususiyatlarining kuchayishi bilan bogʻliq", - deydi Lobachevskiy universiteti Biologiya va biomeditsina instituti direktori Mariya Vedunova.

Olimlar oshqozon-ichak trakti, gipertoniya va allergiya bilan bogʻliq muammolari boʻlgan bemorlarga bu ziravorni tavsiya qilmaydi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular