22:13 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
82510

Almazbek Atambayev Qirgʻiziston amaldagi prezidenti Sooronbay Jeenbekovni zudlik bilan isteʼfoga chiqishga chaqirdi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev respublikaning amaldagi rahbari Sooronbay Jeenbekovni zudlik bilan isteʼfoga chiqishga chaqirdi.

"Sooronbay Jeenbekov Sadir Japarovga (bosh vazirga - tahr.) vaʼda qilganidek zudlik bilan isteʼfo berishi kerak. Va barchamiz bunga erishishimiz kerak. Aks holda, tez orada kech boʻladi",  - deb yozgan Atambayev.

Dushanba kuni advokatlar sobiq prezident bayonotini tarqatishdi.

Atambayevning soʻzlariga koʻra, 5 oktyabrda yuz bergan tartibsizliklar ortidan "muxolifat lagerida kelishmovchilik, yetakchilar bir-biri bilan janjal qilganida, ular asosiy narsani qoʻldan chiqarib yuborishdi... - Sooronbay klan yordamida oʻz pozitsiyalarini mustahkamlay boshladi".

6 oktyabrga oʻtar kechasi Bishkekdagi voqealar vaqtida Atambayev DMXX SIZOsidan ozod qilingan edi. Atambayev kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi ishi boʻyicha sud qilingan, hamda Qoʻy-Toshdagi voqealar ishi figuranti hisoblanadi.

10 oktyabr kuni Bishkekda ommaviy tartibsizliklar tashkillashtirish jinoyat ishi doirasida Almazbek Atambayev qoʻlga olindi.

Asosiy mavzular