O‘zbekiston tarixda ilk bor BMT Inson huquqlari kengashiga a’zo bo‘ldi

© Flickr / United Nations PhotoZasedanie soveta OON po pravam cheloveka
Zasedanie soveta OON po pravam cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va yana 14 ta davlat BMT inson huquqlari kengashiga a’zo bo‘ldi. Kengash a’zolari uch yil muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

TOShKENT, 14 okt - Sputnik. O‘zbekiston tarixda ilk bor Birlashgan Millatlar tashkilotining Inson huquqlari kengashiga a’zo sifatida saylandi. Bu haqida Dunyo axborot agentligi BMT Yangiliklar markazi ma’lumotiga asosan xabar qilmoqda. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, quyidagi 15 davlat 2021-yil 1-yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi a’zoligiga saylangan: O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Boliviya, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, Senegal va Buyuk Britaniya.

BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 47 ta davat a’zodir. Kengash a’zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0