13:10 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
548 0 0

Gʻarb davlatlari butun dunyoga taʼsir oʻtkazishi, Gʻarb transnatsional kompaniyalar dunyo boziriga egalik qilishi davri yakuniga yetmoqda - Valday klubi ekspertlari.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Gʻarbdan oʻrnak olishini bas qilish kerak, kelajakda Gʻarb boshqa davlatlar uchun oʻrnak olish manbai boʻla olmaydi, dedi Sergey Lavrov Valday halqaro klubining ekspertlari oldidagi chiqishida.

“Biz har doim oʻz gʻururimizga ega boʻlganmiz. Agar YEI birRossiya bilan oʻzaro hurmatli munosabatda boʻlish kerakligini tushunmas ekan, demak biz bir muddat muloqotni toʻxtatishimiz kerak”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Bugungi kunda Gʻarb oʻzining iqtisodiy va moliyaviy muammolarini mustaqil hal qilish imkoniyattidan mahrum boʻlmoqda. Lekin alohida davlatlarning oʻzaro aloqasi uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlmoqda. Oxirgi vaqtlarda koʻplab bir martalik ittifoqlar paydo boʻlmoqda. Ushbu jarayonda MDH davlatlari ham muhim rol oʻynamoqda.

“Kelajakda bir martalik alyanslar juda koʻp boʻladi. Bunga misol qilib Suriya muammosini hal qilishda "Ostona shartnomasini" keltirish mumkin. U bir martalik edi. Rossiya, Eron va Turkiya boshqa masalalar borasida bunday alyans tuzmagan. Bunday misollar juda koʻp. YEXHTning Minsk guruhi shartnomasi ham bunga misol boʻlishi mumkin”, - dedi Lavrov.   

Lekin xalqaro tashkilotlar oʻz vazifalarini davom ettirishi kerak va BMT 2045 yilda oʻz 100 yilligini nishonlaydi deb hisoblaydi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

“Kelib tushayotgan asosli tanqidlarga qaramasdan BMT oʻz asosiy funktsiyasini bajarishda davom etmoqda. BMT saʼy-harakatlari tufayli  dunyo yirik davlatlari orasida mumkin boʻlgan toʻqnashuvlardan asrab qoldi. Mavjud kamchilliklariga qaramasdan bugungi kunda BMTning muqobili yoʻq. Axir YTHlar sodir boʻlayotgani uchun biz yoʻl harakati qoidalaridan voz kechmaymizku”, - dedi Sergey Lavrov.

Rossiya tashqi ishlar vaziri barcha davlatlar xalqaro huquq normalarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlashi kerakligini va BMT barcha davlatlar orasida sodir boʻlayotgan tortishuvlarni koʻp tomonli diplomatiya va tinchlik yoʻli bilan hal qilish uslubi ekanini taʼkidladi.

 

Asosiy mavzular