13:14 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
265 0 0

Shuningdek, deputatlar hukumat tarkibi, tuzilishi va dasturini maʼqullagan. Endi qaror mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovga Vazirlar mahkamasi aʼzolarini tayinlash uchun yuboriladi.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Qirgʻiziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qilmoqda.

Jogorku Kenesh majlisida 83 nafar deputat ishtirok etgan.

Shuningdek, deputatlar hukumat tarkibi, tuzilishi va dasturini maʼqullagan. Endi qaror mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovga Vazirlar mahkamasi aʼzolarini tayinlash uchun yuboriladi.

Qirgʻiziston parlamenti 10 oktyabr kuni Sadir Japarov boshchiligidagi Vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlagan edi. Ammo mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat parlamentining ushbu qarorini noqonuniy deb topgan edi. Chunki Japarov tasdiqlangan yigʻilishda kvorum taʼminlanmagan. Kvorumsiz qabul qilingan qarorlar noqonuniy va yuridik kuchga ega emas.

Asosiy mavzular