14:18 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
326 0 0

Qirgʻizistonning yangi bosh vaziri Sadir Japarov bugun mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashmoqchi.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri Sadir Japarov prezident Sooronbay Jeenbekov ularning birinchi kelishuviga binoan isteʼfoga chiqishi kerak deb hisoblaydi. U bu haqda Ala-Archa davlat qarorgohidagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.

“Men bugun prezident bilan uchrashuv oʻtkazmoqchiman. Xalq uning isteʼfoga chiqishini talab qilmoqda. Men biz birinchi kelishuvga qaytishimiz kerak deb hisoblayman, unga binoan Sooronbay Jeenbekov vaziyat barqarorlashgandan soʻng isteʼfoga chiqadi. Bugun kechga qadar davlat rahbari bilan uchrashmoqchiman. U sobiq prezident maqomini saqlab qoladi”, - dedi Japarov. Uning soʻzlaridan Sputnik Qirgʻiziston iqtibos keltirgan.

14 oktyabr kuni Qirgʻiziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Shuningdek, deputatlar hukumat tarkibi, tuzilishi va dasturini maʼqulladi. Respublika prezidenti Sooronbay Jeenbekov Japarov boshchiligidagi Hukumatning yangi tarkibini tayinlash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.

Qirgʻizistonda Jeenbekovga nisbatan impichment jarayoni boshlandi

Avvalroq  Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda qonunchilik barqaror topganidan soʻng isteʼfoga chiqishga tayyor ekanini bildirgan edi. Uning soʻzlariga qaraganda, hech qanday lavozim mamlakat butunligi va xalq tinchligini xavf ostiga qoʻyishga arzimaydi.

Asosiy mavzular