17:36 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
33010

Vladimir Putin “Vektor” markazi koronavirusga qarshi Rossiyaning ikkinchi vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaktsina roʻyxatga olinganini maʼlum qildi.

“Yoqimli xabar: Novosibirskning “Vektor” markazi koronavirusga qarshi ikkinchi Rossiya vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazdi. Bilishimcha, bizda uchinchi vaktsina ham tayyor boʻlmoqda”, - dedi u Hukumat aʼzolari bilan yigʻilishda.

Rossiyaning ikkinchi vaktsinasi “EpiVakKorona” deb nomlangan.

Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikovaning soʻzlariga koʻra, preapart xavfsiz, yaqin kunlarda birinchi 60 ming doza ishlab chiqariladi.

COVID-19ga qarshi kurash oʻrniga Rossiya vaktsinasiga qarshi kurash ketmoqda

Bu koronavirusga qarshi Rossiyaning ikkinchi vaktsinasi, birinchisi, “Sputnik V” avgust oʻrtasida roʻyxatga olingan edi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan ham yangi vaktsina ustida ish olib borilmoqda.

 

Teglar:
Sputnik V, vaktsina, koronavirus, Rossiya

Asosiy mavzular