04:12 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
132861

Suriya, Belarus, Yaqin Sharq va Afrikada sodir boʻlayotgan barcha mojarolarda AQShning qoʻli bor, dedi Sergey Lavrov.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 14 oktyabr kuni Rossiya yetakchi OAVlari Sputnik, "Govorit Moskva" va "Komsomolskaya pravda" vakillari savollariga javob berdi.

Qorabogʻ muammosi 

Qorabogʻ muammosi borasida ayni damda birinchi bosqich kelishuvga erishilgan. Unga koʻra, Qorabogʻning 5ta tumanida jangovar harakatlar toʻxtatilib, tinchlik oʻrnatilishi kerak.

2-bosqichda Qorabogʻning yuridik maqomi belgilanadi va 3-bosqichda ushbu hududga tinchlikparvar kuchlar yoki harbiy kuzatuvchilar kiritiladi. Rossiya harbiy kuzatuvchilar kiritish tarafdori.

Afsuski, hozirgi kunda Ozarbayjon Qorabogʻni kuchi bilan boʻlsa ham egallab olishga tayyorligini bildirmoqda. Turkiya esa ularga yordam berishga tayyor.

Bizningcha, Qorabogʻ muammosi faqat tinchlik yoʻli bilan hal qilinishi mumkin. Faqat tomonlar roziligi va siyosiy kelishuv orqali uzoq muddatli tinchlik oʻrnatilishi mumkin. Harbiy kuch yordamida hal qilingan har qanday muammo vaqt oʻtishi bilan yana qayta yangilanaveradi. Buni tarix bir necha bor namoyish qilgan.

Turkiya borasida

Rossiya hech qachon Turkiya bizning strategik ittifoqchimiz demagan, chunki u bizning hamkorimiz.

Hozirgi kunda Turkiya oʻz hududidan tashqarida boʻlgan bir necha siyosiy mojarolarga Liviyada, Kiprda va boshqa joylardagi  aralashayotganining guvohi boʻlmoqdamiz. Lekin bu ularning siyosiy ambitsiyalari oshganini anglatmaydi. Ular oʻz manfaatlarini himoya qilmoqda. Asosiysi - hammasi xalqaro qonun doirasida boʻlishi kerak.

Suriyada biz Turkiya bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qildik. Ushbu hamkorlikka muvofiq aksariyat hududlarda tinchlik oʻrnatildi. Bunda Turkiya tomonidan oʻz niyatlarining ochiqligi va qonuniyligi taʼminlandi.

Umuman koʻplab Yaqin Sharq mamlakatlarining Suriyada manfaatlari bor. Ular qatorida Turkiya, Eron va Qatarni sanab oʻtish mumkin.

Lekin Suriyada hozir muammo tugʻdirayotgan yagona davlat bu – AQSH. Ular ushbu davlat hududida separatist kurdlarni qoʻllab- quvvatlamoqda. Boshqalarga Suriyadan neft xarid qilishni taʼqiqlagan holda, kurdlarga noqonuniy neft savdosiga ruxsat bergan.

Islom dunyosida ham yetakchilik uchun oʻziga xos kurash ketmoqda. Turkiya, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Indoneziya – hozir eng yirik davlatlarga aylangan.

BMTning Isroil tuzilishi haqidagi konventsiyasida aytilishiga koʻra, bir vaqtning oʻzida Falastin davlati ham tashkil qilinishi kerak edi. Hozir boʻlsa Isroil davlati bor, Falastin esa – yoʻq. Birinchi navbatda Isroil va Falastin orasida tinchlik oʻrnatish kerak. AQSH boʻlsa bu yerda ham norozilik urugʻlarini sochdi. Isroil poytaxti koʻchirilishi bilan musulmonlar oʻzlarining masjidiga kirishi cheklandi.

Yevropa siyosati oʻzgarmoqda

YEI Navalniyning soxta zaharlanishi borasida Moskvada ularga hisob berishini talab qilmoqda. Lekin Moskva Bryussel oldidan hech narsaga javob berishga majbur emas. Bizning oʻz Konstitutsiyamiz, oʻz qonunlarimiz bor.

Yaqinda Germaniyaning yetakchi “Aql markazlari”dan biri – Germaniya yangi sharqiy siyosat yoʻnalishiga oʻtganini eʼlon qildi. Unning asosiy mazmuni shunday: Rossiya yangicha dunyo tartibining muhim masalasi borasida NATO bilan hamkorlikdan voz kechdi. Bu ushbu davlat rahbariyati orasida kiyfiyatlar oʻzgarganidan darak beradi, dedi Lavrov.

Iqtisodiy hamkorlik borasida – buni iqtisodiy operatorlarning oʻzlari hal qilishi kerak, daromad keltiradigan loyihalar ishlasa ikkala tomon uchun ham yaxshi boʻladi.

Afsuski, yaqin orada Yevropa bilan munosabatlar yaxshilanishi kutilmayapti. YEI rahbariyati orasida ruslarni yomon koʻradigan kamchillik (Boltiqboʻyi va Polsha) ovozi baland jaranglamoqda. Parij yaqin kunlargacha biz bilan hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori edi. Koʻramiz bu nimalarga olib keladi.

Rossiya bu imperiyami?

Rossiyalik taniqli rejissyor Karen Shaxnazarov oʻz chiqishlarida Rossiyani imperiya deb ataydi va buni yaxshi deb hisoblaydi. Siz buni nima deb izohlaysiz?

Karenning fikriga koʻra Rossiya bu – imperiya. SSSR ham imperiya boʻlgan. Bugungi dunyoda faqat imperiya yoki ittifoq koʻrinishidagi davlatlarning kelajagi bor. 

Alohida kichik davlatlar raqobatga chiday olmaydi. Ushbu nuqtai nazardan qaraganda YEI ham imperiya, AQSH ham imperiya va Xitoy ham imperiya.

Haqiqatdan ham BMTning 193ta aʼzosi boʻlsa ularning barchasi yirik va kuchli mamlakat boʻla olmaydi. Rivojlanish doirasida kuch choʻqqilari yoki bir necha davlatlarni birlashtirgan kuch markazlari paydo boʻldi.

Aslida imperiya – bu oddiy xalq tilida aytilgan soddalashtirilgan tushuncha. Unda manfaatlarini oʻz chegaralaridan uzoqqa tarqata oladigan davlatlar nazarda tutiladi. Balkim kelajakda buni ifodalovchi aniqroq termin paydo boʻlar.

Asosiy mavzular