Pashinyan "yangi Gitler" tahdidi paydo bo‘lishi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘dagi mojaroga nisbatan "Munxen kelishuvlari"ni tuzishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bildirdi.

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘dagi mojaroga nisbatan "Munxen kelishuvlari"ni tuzishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bildirdi. Bu so‘zlarni u xalqqa murojaatda aytgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Voorujennie sili Azerbaydjana nanosat udar artilleriyskim podrazdeleniyam voorujennix sil Armenii na Agderinskom napravlenii v Nagornom Karabaxe. - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘da Ozarbayjon armiyasi “tuzoqqa” tushib qoldi - Pashinyan

Pashinyan ta’kidlashicha, G‘arbda "tinchlik evaziga hududni almashish" formulasini ilgari surilib, qurolli to‘qnashuvlarga munosabat bildirilmayapti.

Bu 1938-yilgi Munxen kelishuvini eslatadi, o‘sha vaqtda Buyuk Britaniya va Fransiya rahbariyati tomonidan olib borilgan tinchlantirish siyosati Germaniya Chexoslovakiya hududlarining bir qismini egallashiga olib kelgan edi, deydi Armaniston bosh vaziri.

“Savol shundaki, dunyo yangi Gitler paydo bo‘lishiga imkon beradimi yoki yo‘qmi, bu safar Kichik Osiyoda ", - dedi Pashinyan.

Bundan tashqari, Pashinyan so‘zlariga ko‘ra, Qorabog‘dagi mojaroni hal qilishning yagona yo‘li - tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi aholisiga o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini berish lozim.

"Qorabog‘ muammosining yakuniy yechimi - Tog‘li Qorabog‘ aholisining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini tan olishdir", - dedi Pashinyan.

U ta’kidlashicha, Armaniston mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish mantig‘iga amal qiladi, ammo uning so‘zlariga ko‘ra, bu "Ozarbayjon, Turkiya va terrorchilarni" jilovlash uchun yetarli emas. Boku Qorabog‘da strategik muvaffaqiyatga erisha olmagan, shu bilan birga "Turkiyadan, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistondan kelgan bir necha ming maxsus kuchlar" ular tomonida jang qilmoqda.

"Biz oxirigacha turamiz ... Biz g‘alaba qozonishimiz kerak", - dedi bosh vazir.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 27-sentabr kuni Armaniston armiyasi tomonidan Tog‘li Qorabog‘dagi bir tutash chizig‘ida qator aholi punktlarini o‘qqa tutgani, buning natijada aholi va harbiylar halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Obostrenie situatsii vokrug Nagornogo Karabaxa - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston va Ozarbayjon Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

O‘z navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabog‘ “havo va raketa hujumiga uchragani" haqida ta’kidladi, rasmiy Yerevanning fikriga ko‘ra, Ozarbayjon kuchlari Qorabog‘ yo‘nalishi bo‘yicha "hujum boshlash" maqsadida uyushtirilgan.

Eng tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikaning o‘zida, xususan, poytaxt Stepanakert o‘qqa tutildi, shu sababli Arsax hukumati aholi pana joyga berkinishga chaqirgani, keyinchalik hududda harbiy holat va safarbarlik e’lon qilindi.

Keyinchalik, shunga o‘xshash choralar Armanistonda ham e’lon qilindi. Umumiy safarbarlik respublikaning zamonaviy tarixidagi birinchi shunday harakat edi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatning bir qator shahar va hududlarda harbiy holatni joriy qildi va komendantlik soati va qisman safarbarlik e’lon qildi.

Qator davlatlar, ular ichida Rossiya, Germaniya, AQSh va Fransiya tomonlarni osoyishtalikka chaqirdi. O‘z navbatida, Turkiya hukumati Anqara Bokuga nafaqat siyosiy va diplomatik, balki boshqa turdagi yordamlarni berishga tayyorligini ta’kidladi.

Voyenniy konflikt v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘ga minglab jangarilar kelmoqda - Narishkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada tashqi ishlar vazirlari darajasida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida taklif kiritdi.

10 oktabr, shanba oqshomida Moskvada Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Zograb Mnatsakanyan, Jeyxun Bayramov va Sergey Lavrov ishtirokidagi o‘n soatlik muzokaralar yakunlandi.

Natijada Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Kelishuv 10-oktabr 12.00dan boshlab kuchga kirdi. Tinchlik rejimi harbiy asirlar va asirlikda saqlanib turgan boshqa shaxslar, shuningdek, halok bo‘lgan askarlar jasadlari bilan o‘zaro almashish maqsadida o‘rnatilmoqda. Qizil Xoch jamiyati vositachilik qiladi.

Sulh kuchga kirganidan bir soat o‘tmay, tomonlar bir-birini uni buzishda aybladilar.

Yangiliklar lentasi
0