00:50 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
709 0 0

Bu orada Japarovning poytaxt markazida turgan tarafdorlari davlat qarorgohi tomon yurish rejasida ekanliklarini maʼlum qildilar.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Sooronbay Jeenbekov va Sadir Japarov prezident isteʼfosi toʻgʻrisida muzokaralar olib borishmoqda, deb xabar berdi Qirgʻiziston rahbari matbuot-kotibi Tolgonay Stamaliyeva.

"Ha, muzokaralar oʻtkazishmoqda. Bosh vazir Japarov prezidentga bugun isteʼfoga chiqishni taklif etdi. Muzokaralar davom etmoqda", - deb aytgan Stamaliyeva Sputnik Qirgʻiziston nashriga.

Jeenbekov bugun bosh vazir lavozimiga Sadir Japarovni tasdiqlagan edi. Eski maydonda Japarovning mingdan ziyod tarafdorlari toʻplanishgan - ular davlat rahbarining iisteʼfosini talab qilishmoqda.

Japarov prezident bilan uning isteʼfosi masalasini muhokama qilishi haqida xabar bergan. Bosh vazir tarafdorlari miting davomida kolonna boʻlib "Ala-Archa" davlat qarorgohi tomon yurishlari mumkinligini maʼlum qilishgan. Qarorgoh yaqinida Jeenbekovni qoʻllab-quvvatlovchilar mitingi oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular