18:08 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
35810

Germaniyada yadro qurolidan foydalangan holda harbiy harakatlarni amalga oshirish maqsadida maxfiy mashqlar oʻtkazildi.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Germaniyada yadro qurolidan foydalangan holda harbiy harakatlarni amalga oshirish maqsadida yashirin mashqlar oʻtkazildi, deb yozadi Bild. RIA Novosti xabariga asosan.

Gazetaning yozishicha, "Turgʻun peshin" deb nomlangan mashqlar Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Nyorfenix aviabazasida Germaniya havo kuchlari va NATOdagi ittifoqchilari ishtirokida oʻtkazilgan.

Manevrlarga yadro qurolini olib yurishga moʻljallangan qiruvchi-bombardimonchilar jalb qilingan. Maqolada aytilishicha, mashqlarning asosiy maqsadi - Germaniyani atom bombalaridan foydalangan holda mudofaa qilish.

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda yadro urushini boshlash xavfi soʻnggi oʻttiz yilga qaraganda ancha yuqori degan fikr bildirilgan. Mualliflarning fikriga koʻra, AQShning Oʻrta va qisqa masofali raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqqanligi - buning asosiy sababi deb koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular