Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 38 milliondan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki okazivayut pomosh patsiyentu s COVID-19
Meditsinskie rabotniki okazivayut pomosh patsiyentu s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda BSST ma’lumotlariga ko‘ra 7,728 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 38 milliondan oshdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston SSV.

Meditsinskiy rabotnik okazivayet pomosh patsiyentu s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan tun davomida O‘zbekistonning deyarli barcha hududida koronavirus aniqlandi

Shundan 1 million 83 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 38 million 442 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 91 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda BSST ma’lumotlariga ko‘ra 7,728 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (7,239 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (5,103 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (1,340 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda Kolumbiya (919 mingdan ortiq).

Yangiliklar lentasi
0