00:35 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
53110

Qirgʻizistonning yangi bosh vaziri Sadir Japarov tarafdorlari mamlakat parlamenti isteʼfosini talab qilishdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston agentligi.

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Shu kunga qadar Sooronbay Jeenbekov isteʼfosini talab qilib kelayotgan namoyishchilar, Jeenbekovning isteʼfoga chiqish haqidagi bayonotidan soʻng yangi talabni ilgari surishdi. Unga koʻra, endilikda prezident ortidan mamlakat parlamenti ham isteʼfo berishi lozim.

Sputnik Qirgʻiziston xabari asosida.

Payshanba kuni Bishkekdagi Issiq-Koʻl mehmonxonasi oldida olomon miting oʻtkazdi. Mahalliy OAVlar xabariga koʻra, namoyish qatnashchilari mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovning isteʼfosi haqidagi bayonotini katta xursandchilik bilan qarshi olishgan.

Shundan soʻng, miting ishtirokchilari Qirgʻiziston parlamentining tarqatilishi talabini ilgari surdilar.

Qirgʻizistondagi parlament saylovlaridan soʻng avj olgan tartibsizliklar

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi parlament saylovlaridan soʻng vaziyat keskinlashgan edi. Saylovlarda hukumat tomonidan boʻlgan partiyalar oʻz maʼmuriy resurslaridan keng foydalangani va boshqa partiyalarning parlamentga kirishiga toʻsqinlik qilgani maʼlum boʻlgan.

Shundan soʻng muxolifat partiyalari norozilik namoyishlari oʻtkazish uchun koʻchalarga chiqishgan. Dushanba kuni kechqurun ular parlament binosini va prezident maʼmuriyatini egallab olishgan. Shundan soʻng namoyishchilar Davlat xavfsizlik qoʻmitasidan sobiq prezident Atambayev va yana bir necha kishini ozod qilishgan. Qirgʻiziston MSQ boʻlib oʻtgan saylovlar natijalarini bekor qilgan. 

Oʻninchi oktyabr kuni Qirgʻizistonda hukumatning yangi tarkibi tasdiqlandi, mamlakatning yangi bosh vaziri Sadir Japarov boʻldi.

Sal keyin, shanba kuni, Qirgʻiziston milliy xavfsizligi davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev spetsnaz tomonidan qoʻlga olingani haqida xabar qildi.

Oʻn uchinchi oktyabr kuni Bishkekda favqulodda holat rejimi 19 oktyabrga qadar uzaytirildi.

Oʻn toʻrtinchi oktyabr kuni Qirgʻiziston parlamenti bosh vazir Sadir Japarov boshchiligida vazirlar mahkamasi tuzilmasi va dasturini tasdiqladi.

Bugun Qirgʻiziston prezidenti Jeenbekov isteʼfoga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular