Koronainqiroz: Afrikadagi birinchi davlat defoltga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© Foto : Public domain/Ian Restall Plavanie v Devil's Pool na storone Zambii
Plavanie v Devil's Pool na storone Zambii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz tufayli Zambiya defolt e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Zambiya - koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz tufayli defolt e’lon qilishi mumkin, deb yozadi RIA Novosti Financial Times nashriga asosan.

Yaderniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda – Bild

"Zambiya koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatning 3 milliard dollarlik obligatsiyalariga egalik qilgan investorlar Janubiy Afrika davlatining to‘lovlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi talabini rad etsa, defoltga uchragan birinchi Afrika davlati bo‘lishga tayyor ekanligi haqida ogohlantirdi", - deya agentlik maqoladan iqtibos keltirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Zambiyaning davlat obligatsiyalarini 3 milliard dollarga sotib olgan investorlar mamlakat hokimiyatidan to‘lovlarni to‘xtatib turish haqidagi iltimosnomani rad etishni rejalashtirmoqda.

Gazetaning yozishicha, investorlarning Zambiyaning shartlariga rozi bo‘lishni istamasligi davlatning makroiqtisodiy muvozanatni yanada bartaraf etish va iqtisodiy barqarorlikni tiklash bo‘yicha yetarli ma’lumot bermagani bilan bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0