18:09 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
257 0 0

Tekshiruvlar natijasida Moskva, Sankt-Peterburg, Ufa hamda Maykop shaharlarida terrorchilarning sheriklari qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiyaning Volgograd shahrida Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari "Katiba Tauxid val-Djixad"* nomli xalqaro terrorchi guruh faoliyatini toʻxtatdi. Bu haqida RIA Novostiga Kuch ishlatish muassasasi matbuot xizmati xabar qildi.  

“Qoʻlga olish vaqtida guruh rahbari va uning yordamchisi Volgograddagi yashirin joydan terrorchilik vositalarini olish vaqtida Rossiya FXX xodimlariga qurolli qarshilik koʻrsatish oqibatida zararsizlantirildi”, - deyilgan muassasa xabarida

Boʻlib oʻtgan tintuvlar oqibatida oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, qoʻlbola portlovchi moslamalarning tarkibiga kiruvchi kimyoviy moddalar, zarar yetkazuvchi elementlari hamda diniy mazmundagi adabiyotlar va boʻlajak hujum joylari belgilangan Volgograd xaritasi topilgan.

Boʻlajak teraktlarni tayyorlash jarayonlari Suriya hududidan turib boshqarib turilgan. Terrorchilar hukumat organlari binolari, harbiylar yotoqxonalari, xavfli ishlab chiqarish obʼyektlari va Ona-Vatan yodgorligini portlatib yubormoqchi boʻlishgan.

Tekshiruvlar natijasida Moskva, Sankt-Peterburg, Ufa hamda Maykop shaharlarida terrorchilarning sheriklari qoʻlga olingan.

Eslatib oʻtamiz, FXX direktori Aleksandr Bortnikov iyun oyining oʻrtalarida Rossiyada soʻnggi 10 yil ichida kamida 160ta teraktning oldi olingani 2019 yilda 43ta 2020 yilda 20ta teraktning oldi olingani haqida hisobot bergan edi.

Asosiy mavzular