03:57 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
253 0 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amaldagi Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomani (SNV-3) hech qanday shartlarsiz bir yilga uzaytirishni taklif qildi.

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amaldagi Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomani (SNV-3) hech qanday shartlarsiz bir yilga uzaytirishni taklif qildi.

Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, bu  kabi shartnomalar bilan tartibga solinadigan “muammolarning barcha parametrlari boʻyicha mazmunli muzokaralar olib borish" imkonini beradi.

Putin taʼkidlashicha, SNV-3 shartnomasini uzaytirilishi "strategik hujum qurollari toʻgʻrisidagi shartnoma kabi shunday fundamental hujjatsiz" strategik barqarorlikni saqlashdan manfaatdor boʻlgan davlatlarni tark etmaslik imkonini beradi.

Shuningdek, prezident tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga Moskvaning SNV-3 boʻyicha pozitsiyasini tayyorlash, uni imkon qadar Vashingtonga tezroq yetkazish va javob olish toʻgʻrisida topshiriq berdi.

2010 yilda imzolangan SNV-3 shartnomasi Rossiya va AQSH oʻrtasida qurollarni qisqartirish boʻyicha yagona amaldagi kelishuv boʻlib qolmoqda.

Asosiy mavzular