03:42 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
112410

 Maʼlum boʻlishicha, oʻqituvchi soʻz erkinligi boʻyicha muhokamalar vaqtida sinfda paygʻambar Muhammad (s.a.v)ning kulgili karikaturalarini namoyish qilgani uchun undan shu tarzda qasos olingan

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida 18 yashar mahalliy yashovchilardan biri koʻchada tarix fani professori Bua-d'Oln Semyuel P.ni boshini tanasidan judo qildi. 

Maʼlum boʻlishicha, oʻqituvchi soʻz erkinligi boʻyicha muhokamalar vaqtida sinfda Charlie Hebdo jurnalida eʼlon qilingan paygʻambar Muhammad (s.a.v)ni tahqirlovchi karikaturalarni namoyish qilgani uchun undan shu tarzda qasos olingan.

Hodisa 16 oktyabr kuni kunduzi roʻy bergan. Xabarlarga koʻra, maktab oʻquvchilarining birining otasi oʻqituvchiga koʻchada oshxona pichogʻi bilan hamla qilgan.

OAVlarda keltirilishicha, qotil asli moskvalik boʻlgani taxmin qilinmoqda. Bu maʼlumot hozircha oʻzining rasman tasdigʻini topmagan. Rossiya elchixonasi gumonlanayotgan shaxs boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlish uchun frantsuz hukumatiga rasmiy murojaat yuborgan.

Qotillikda gumonlangan shaxs politsiya xodimlari tomonidan qoʻshni Erani komunnasida otib tashlangan. Qotillik ishi tergoviga prokuraturaning aksilterror boʻlimi ham jalb qilingan. RIA Novosti xabariga koʻra, hozirda oʻqituvchining oʻldirilishi munosabati bilan olib borilayotgan tergov ishlari doirasida toʻrt shaxs hibsga olingan. Ular oʻqituvchini oʻldirgan qotilning yaqin tanishlari ekanligi aytilmoqda.

Qotillik yuz bergan komunnaga qator vazirlar hamrohligida yetib kelgan Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron yuz bergan hodisani terakt, deya atagan.

Asosiy mavzular