Sadir Japarov prezident v.b. sifatida murojaat qildi: asosiy fikrlar

© Sputnik / Mediabankka o‘tishNovoizbranniy premyer-ministr Sadir Japarov (v sentre)
Novoizbranniy premyer-ministr Sadir Japarov (v sentre) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi bosh vazir Sadir Japarov yurtdoshlarga murojaatnoma bilan chiqdi

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi bosh vazir Sadir Japarovning qirg‘iz xalqiga murojaati qirg‘iz va rus tillarida hukumat matbuot-xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Iste’fo haqidagi qaror to‘g‘rimidi, buni tarix va vaqt ko‘rsatadi, dedi Jeenbekov

Japarov nutqidan asosiy tezislar:

* o‘tkan kunlar mamlakat mustaqilligi, erkinligi, birdamlik va demokratiya uchun nihoyatda og‘ir sinov bo‘ldi; hukumat xalq farodiga quloq tutmadi, 2005- va 2010-yillardagi xalq inqiloblari saboqlari esa butkul unutilganligi namoyon bo‘ldi; tarix hukumatga navbatdagi saboqni havola qildi - hukumat hamisha xalqqa xizmat qilishi va uning tanlovi bilan hisoblashmog‘i darkor;

* 4-oktabr kuni xalq, yoshlar g‘alabasi o‘g‘irlandi va bu keng ko‘lamli siyosiy inqirozga turtki bo‘lib xizmat qildi; turli yosh, turli millat va siyosiy qarashlarga ega odamlar yagona front bo‘lib qonunsizlik, o‘zboshimchalik, adminresurslardan foydalanishga qarshi chiqdilar;

* Japarovning maqsadi — mamlakatda adllatni qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi rostdan kurashish, bu kurash endilikda zinhor siyosiy opponentlarni yo‘q qilish uchun instrument vazifasini bajarmaydi;

Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov iste’foga chiqishga ahd qildi - uning xalqqa murojaati

* siyosiy motivlar bo‘yicha sud qilingan siyosatchilar ochiq jarayonlarda o‘zlarining aybsiz ekanliklarini isbotlashlari mumkin (Japarov siyosiy tutqunlik nima ekanligini o‘z boshidan kechirganini aytdi);

* har qanday korrupsioner, u qanday maqomga ega bo‘lishidan qat’iy nao‘ar, jinoiy javobgarlikka tortiladi, ammo korrupsiyaga qarshi kurashish uchun xalq ko‘magi darkor;

* sud islohoti prezident apparati tomonidan emas, balki jamoatchilik nazorati ostida o‘tkaziladi;

* Qirg‘izistondan 700 million dollar olib chiqilishi to‘g‘risidagi ishga nuqta qo‘yiladi, bosh gumondor Rayim Matraimov va boshqa korrupsionerlar esa qonun bo‘yicha qat’iy jazolanadi;

Situatsiya v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Prezident bilan birga keting! Qirg‘izistonda parlament iste’fosini talab qilishmoqda

* kriminalitet o‘z shartlarini ilgari surishiga endi yo‘l qo‘yilmaydi, Japarov kafolat beradi; uning aytishicha, alohida hududlarda biznes yuritish uchun kriminalitetdan ruxsat so‘rash kerak bo‘lgan davrlar tarixda qoladi;

* yoshlar davlat siyosatining faol amalga oshiruvchilariga aylanishadi, aynan ular yaqin yillarda mamlakat siyosatini amalga oshirishadi; kadrlar siyosati o‘zgartiriladi, yoshlar siyosiy sahnada raqobatbardoshligini isbotladi va kelgusi saylovlarda o‘z pozitsiyalarini himoyalashlari lozim;

parlamentga o‘tish uchun turli siyosiy kuchlar uchun bir xil shart-sharoitlar yanatiladi, ammo yoshlar, milliy va gender kvotalari albatta saqlanib qolinadi;

kelayotgan oylar oson kechmaydi, birinchi navbatda iqtisodni stabillashtirish lozim, investorlar ishonchini, biznesga himoya va xavfsizlik kafotlarlarini qaytarish shart;

avvalgi hukumat COVID-19 pandemiyasiga tayyormasligini ko‘rsatdi, kredit va grantlarga tayanish mamlakat moliyaviy tizimini boshqarishda jinoiy siyosatga aylandi, bu pullar taqsimlanishidagi shaffof bo‘lmagan mexanizm esa - tizimli korrupsiya asosini tashkil etdi; koronavirusga qarshi kurash uchun olingan kreditlar bo‘yicha reviziya boshlanadi;

Japarov barcha imkoniyatlari, bilimlari, kasbiy va hayotiy tajribasini mamlakat ravnaqi va gullab-yashnashi va xalq farovonligi uchun yo‘naltirishini, ammo inqirozdan chiqish uchun xalq qo‘llab-quvvatlovi kerakligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0