00:16 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
941 0 0

Afgʻonistonda hukumat va toliblar oʻrtasidagi tinchlik jarayonidan norizo boʻlgan xalq harakati maydonga chiqmoqda va u AQShni mintaqadagi yangi urushning sababchisi, deya ayblamoqda

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Dunyo Qatardagi afgʻonlararo muzokaralarni bir oydan oshiq vaqtdan buyon kuzatib, natijani kutmoqda. Amerika qoʻshinlari Afgʻonistondagi bazalarini tark etmoqdalar, AQSH prezidenti Donald Tramp esa amerika askarlari va ofitserlari mamlakatni 2020 yilning oxiriga kelib, tark etishlari haqida bayonot qildi. Bu holat aholini, ayniqsa, toliblarga qarshi kuchlarni gʻoyatda tashvishga soldi va xalqni miting hamda piketlarga chiqishga majbur etdi.

Afgʻonistondagi vaziyat haqida Sputnik Tojikiston muxbiriga jurnalist va sobiq diplomat, xalq harakatlari yoʻlboshchilaridan biri - Faxim Kuxdomoniy soʻzlab berdi.

Xalq harakati vakili Afgʻonistondagi tinchlik muzokaralari borasida tashvishdaligini bildirdi.

"Doxada boʻlib oʻtayotgan voqealarni kuzatib, toliblar tinchlikni emas, hokimiyatni xohlamoqda, degan xulosaga keldik. U yerda tinchlik haqida gapirilmoqda, ammo joylarda esa terror va jinoyat amalga oshirilmoqda, ISHID* uyushmasiga birlashishmoqda. Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, ushbu terroristik uyushma Gurband, Tagob, Qorabogʻ, Shakardara singari uyezdlarda toliblar bilan birgalikda muvofiqlashgan holda harakat qilmoqda. Ushbu boʻgʻin yetakchisi xarutiy klaniga mansub tojikzabon pushtunlardan boʻlgan allaqanday doktor Shaxob al-Muhojirdir", - dedi Kuxdomoniy.

Afgʻonistonlikning fikricha, tinchlik haqidagi muzokaralar toliblarning taktik yurishiga aylangan.

"Ular chet el kuchlari mamlakatni tark etishini va terrorchilar hokimiyatni oʻz qoʻliga olishlari uchun muzokaralarni choʻzishmoqda. Chet el qoʻshinlari AQSH boshchiligida Afgʻonistonga kirishganida, ularning missiyasi terrorizmga qarshi kurashdan iborat edi. Ular terrorchilarni yoʻq qilishlari lozim edi. Biz ularga inongan edik, ammo nega hozir ular maydondan qochib qolmoqda?", - deya savol bilan yuzlanadi xalq harakati yoʻlboshisi.

Kuxdomoniyning aytishicha, asirlikdan ozod etilgan toliblar barrikadalarga qaytib, oddiy odamlarni oʻldirishda davom etishmoqda. Bundan tashqari, oddiy xalqni bezovta qilayotgan holatlardan yana biri - bu agar toliblar hokimiyat tepasiga kelsa, bu yana Afgʻoniston hududida istiqomat qiluvchi boshqa xalqlarning genotsidiga olib kelishi mumkin.

"Doxada ular zoʻravonlik, kuch va qurol tilida gapirishadi va hokimiyatni egallash niyatida ekanliklarini hatto yashirmaydilar. Misol uchun, respublika oʻrniga oʻz "amirligini" qayta tiklash niyatida ular. U yerda tinchlik haqida gapira turib, Afgʻonistonda zoʻravonlikni amalga oshirishmoqda. Aytgancha, toliblar delegatsiyasi orasida birorta ayol yoʻq, muzokaralar davomida esa ular hukumat vakili boʻlgan ayollarni tamomila inkor etadilar", - dedi sobiq diplomat.

Jurnalist fikricha, toliblar siyosiy partiya sifatida siyosat bilan shugʻullanishlari, parlamentda oʻz deputatlariga ega boʻlishlari va Afgʻonistonga qarshi urush olib boruvchi chet el maxsus xizmatlari armiyasi emas, balki siyosiy kuch ekanliklarini isbotlash uchun hokimiyat uchun siyosiy va madaniy yoʻl orqali kurashishlari lozim. 

AQShning esa Afgʻonistondagi tinchlik jarayonidagi roli esa juda jumboqli va hatto deyarli munofiqonadir, deya taʼkidlaydi Afgʻoniston yashovchisi.

"Bizni toliblarning hokimiyat tepasiga kelishlaridan darak beruvchi "tinchlik" kutmoqda. "Tolibon" hokimiyat tepasiga kelgach va ular boshqa terroristik uyushmalar bilan ittifoq tuzgach, ularni Xitoy, Markaziy Osiyo va Eronga yoyilishi bilan bogʻliq loyiha amalga oshirila boshlashi ehtimolga yaqin. Ular safida sanab oʻtilgan davlatlar jangarilari ham borligi hech kimga sir emas. AQSH Afgʻonistonni tark etayotgani bilan, ammo bu regionda ishongan-kuchlari orqali oʻz mavjudliklarini saqlab qoladi. Xullas, Afgʻoniston oʻtgan asrning 90-yillari singari ekstremistik va terroristik kuchlarning ulkan bazasiga aylanishi mumkin, ularning maqsadi esa - boshqa davlatlarga bostirib kirishdan iborat boʻladi", - dedi Kuxdomoniy.

Sobiq diplomatning taʼkidlashicha, Afgʻonistonda haqiqiy tinchlikni oʻrnatish uchun xalqaro hamjamiyatni bu jarayonga jalb etish muhim.

"Ayni vaqtda biz siyosiy va madaniy kurash olib bormoqdamiz. Tashviqot ishlarini olib boryapmiz, xalqqa nimalar roʻy berayotganini tushuntirish uchun mitinglar, piketlar va koʻzga koʻringan shaxslar ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazmoqdamiz. Bizning xalq, ayniqsa, yoshlar, terrorizmga qarshi ruhda va kurashga tayyor. Shu tariqa, "Tolibon" va "ISHID"*ga qarshi kurashni oʻz oldiga maqsad qilib olgan yagona xalq harakati shakllanmoqda. Shu paytga qadar birorta mamlakat toliblarga qarshi kuchlarni ochiqchasiga qoʻllab-quvvatlagan emas. Biz terrorizmga qarshi boʻlgan davlatlarni Afgʻoniston xalqini yolgʻizlikda qoldirmasliklarini soʻrab qolamiz", - deb xotima qildi Kuxdomoniy.

* Rossiya va Tojikistonda taqiqlangan terroristik tashkilotlar.

Asosiy mavzular