04:12 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
468 0 0

Minglab lyuks klassdagi avtomobillar va superkarlar Dubay yaqinidagi sahroda hech kimga keraksiz holatda yotibdi. Mashinalar nega svalkaga keltirib tashlangani haqida video syujetda tomosha qiling.

Bu avtomobillar kimlar uchundir - axlat boʻlsa, yana birovlar uchun - haqiqiy xazina. Dubay yaqinidagi Shardja svalkasida lyuks toifasida minglab hashamatli avtomobillar toʻplangan: bu yerda Bentleydan tortib, Ferrari, Rolls Royce, Maseratilarni uchratish mumkin. Maydonda hatto qimmatbaho sedanlar sanalmish Mercedes va BMW yoki hatto Tesla elektromobillariga koʻzingiz tushadi.

Mashinalardan biri bu yerga avariyadan soʻng keltirib tashlangan, sababi oddiy, boy sohiblari ularni tuzatishni istamaganida. Boshqa avtomobillar esa oʻz egalari moliyaviy muammolar tufayli Amirliklarni tark etishganidan soʻng bu yerga keltirilgan.

"Ayrim avtomobillar bu yerga dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan, ayrimlari - bank bilan bogʻliq muammolar, xususan, kreditlar tufayli", - deya hikoya qiladi svalkada ishlaydigan xodimlardan biri.

Garchi jazirama va chang tufayli avtomobillar zavoddan chiqqan vaqtidagi hashamatli koʻrinishni maʼlum maʼnoda yoʻqotsalarda, ammo xaridorlar baribir topilmoqda. Lyuks toifadagi avtomobilni kimoshdi savdosida eng yuqori narxni taklif etgan holda xarid qilish mumkin. Amerikaning Copart kompaniyasi, Bahraynning oʻzida uch mingga yaqin jabrlangan avtomobillarni sotishni rejalashtirgan.

Asosiy mavzular