21:32 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
541 0 0

Ilgariroq boʻlib oʻtgan debatlarda opponentlar bir-birlari haqida keskin fikrlar bildirishgan edi. Xususan, Bayden Trampni "irqchi" va "kloun", deb atadi.

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Yaqindagina koronavirus infektsiyasini boshdan kechirgan AQSH prezidenti Donald Tramp Floridada oʻz saylovchilari uchun raqs tushdi, deb xabar qiladi NEWS.ru.

Ijtimoiy tarmoqlarda amerika yetakchisi Y.M.C.A. xit-taronasiga "yondiruvchi" harakatlar bilan raqs tushayotgani aks etgan kadrlar tarqalgan. Saylovchilar esa prezident harakatlariga taqlid qilishga urinishgan. Tramp Florida shtatida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni shu tarzda yakunlagan.

​"U COVID-19"dan soʻng yanada quvvatga toʻldi", – deyiladi videoga yozilgan izohda.

Sal oldin Donald Tramp koronavirusdan tuzalganidan soʻng Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuvi vaqtida ham raqs tushgan edi. Oʻshanda tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati shu uchun prezidentini juda ham yaxshi koʻrishlari haqida yozib qoldirishgan.

AQShdagi prezident saylovlari 3 noyabrda boʻlib oʻtadi. Shtatlar rahbari lavozimi uchun amaldagi yetakchi va mamlakat vitse-prezidenti demokrat Jo Bayden kurashishmoqda. Ilgariroq boʻlib oʻtgan debatlarda opponentlar bir-birlari haqida keskin fikrlar bildirishgan edi. Xususan, Bayden Trampni "irqchi" va "kloun", deb atadi.

Asosiy mavzular