Qirg‘iziston prezidenti v.b. Japarov saylovlarda ishtirok etish shartini aytdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Kirgizii Sadir Japarov
Premyer-ministr Kirgizii Sadir Japarov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozir Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga ko‘ra prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxs prezidentlikka nomzodini ilgari sura olmaydi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov agar qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritilsa, prezident saylovlarida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Hozir mamlakat Konstitutsiyasiga ko‘ra prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxs prezidentlikka nomzodini ilgari sura olmaydi.

“Hozir parlamentda parlament va prezident saylovlari to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgarishlar tayyorlanmoqda. Agar qonunning bu o‘zgarishlari natijasida saylovlarda ishtirok etishga ruxsat etilsa, men ishtirok etaman”, - dedi Japarov “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida.

Novoizbranniy premyer-ministr Sadir Japarov (v sentre) - Sputnik O‘zbekiston
Sadir Japarov prezident v.b. sifatida murojaat qildi: asosiy fikrlar

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda gapirishga hozircha erta, bu masalaga oid qaror hali qabul qilinmagan.

Namoyishlardan iste’fogacha: Qirg‘izistonda bo‘lgan voqealar qisqa satrlarda

5 oktabr kuni Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lganlarning norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar tezda tartibsizliklarga aylanib ketdi. Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov va parlament spikeri Dastanbek Jumabekov iste’foga chiqdi. MSK saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Qirg‘iziston kosasi to‘lgan kun - tartibsizliklarga nima sabab bo‘ldi

Kanat Isayev parlament spikeri va namoyishchilar qamoqdan ozod qilgan Sadir Japarov bosh vazir etib saylandi. 15-oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishini e’lon qildi. Isayev prezident majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdi. Konstitutsiyaga binoan prezident vakolatlari bosh vazir Japarovga o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0