07:09 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
145 0 0

Shuningdek, Oliy sud Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyev ham oqlagan.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Qirgʻiziston Oliy sudi prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarovni 2012 yilda hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi boʻyicha oqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Sadir Japarov sudyalar hayʼati tomonidan jinoyat tarkibi yoʻqligi sabab oqlandi”, - deyilgan xabarda.

Namoyishlardan isteʼfogacha: Qirgʻizistonda boʻlgan voqealar qisqa satrlarda

Shuningdek, Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyev ham oqlagan.

2012 yilda Bishkekning markaziy maydonida Kumtor oltin rudasi korxonasi masalasi boʻyicha miting boʻlib oʻtgan edi. Namoyishlar parlamentni shtrum qilish va namoyishchilarning huquqni muhofaza qiluvchilar bilan toʻqnashishiga aylanib ketgan. Miting tashkilotchilari orasida Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyev boʻlgan. Keyinchalik ular qoʻlga olingan va hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishda ayblangan.

Asosiy mavzular