23:02 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
26310

Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini beshta xorijiy davlatda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini beshta xorijiy davlatda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriyev maʼlum qildi.

“Joriy yil dekabrida katta hajmlarda yetkazib bera olishimizni tasdiqlaymiz. Vaktsinani Hindiston, Braziliya, Koreya, Xitoy va yana bir mamlakatda ishlab chiqaramiz”, - dedi u. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Dmitriyev mahalliy tartibga soluvchilar Rossiya vaktsinasini qanchalik tez maʼqullashi borasidagi masala borligini taʼkidladi. Qolaversa, tartibga soluvlar vaktsina sinovlari oʻtkazilayotgan mamlakatlar maʼlumotlaridan foydalanishlari muhimdir.

Shuningdek, Dmitriyev Argentina va Peru bilan “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitim imzolanganini maʼlum qildi.

“Dekabrdayoq Lotin Amerikasiga yetkazib berishni boshlay olamiz deb hisoblaymiz”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaktsinaning roʻyxatdan oʻtkazilgan keyingi sinovlari Rossiyadan tashqari Belarus, Venesuela va BAAda oʻtkazilmoqda.

Mavzu boʻyicha

Vaktsina qanchalik xavfli: AQSH javob talab qilyapti, Yevropa pulni sanayapti
MDHda COVID-19’ga qarshi Rossiya vaktsinasi paydo boʻlishi mumkin
Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaktsina roʻyxatga olindi
Belarusga “Sputnik V” vaktsinasi birinchi partiyasi yetkazib berildi
Maduro COVID-19 ga qarshi Rossiya vaktsinasi bilan emlanish istagini bildirdi
Javoblar va savollar: Rossiya vaktsinasi tanqidchilariga
Venesuela prezidenti “Sputnik V” vaktsinasi uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi
"Vektor" vaktsinasi kimlarga mos kelishi maʼlum boʻldi
Rossiyada vaktsina necha pul turishi maʼlum boʻldi
Teglar:
Rossiya, emlash, vaktsina, Sputnik V, koronavirus

Asosiy mavzular