05:54 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)
128520

Polsha va AQSH tadqiqotchilari SARS-CoV-2 koronavirusini "blokirovka qilish"ning yangi usulini topdilar.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Polsha va AQSH tadqiqotchilari koronavirusni "blokirovka qilish"ning yangi usulini topdilar. Bu haqda Science Advances jurnalida maqola chop etildi.

Olimlar taqdim etgan maʼlumotlarga qaraganda, infektsiyaga qarshi kurash usullaridan biri SARS-CoV-2 PLpro fermentiga taʼsir koʻrsatdi. Taʼkidlanishicha, u nafaqat virusning replikatsiyasiga yordam beradi, ammo organizmning immunitet reaktsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan bir qator oqsillarni bloklaydi.

VIR250 va VIR251 ikkita ingibitori - ushbu fermentga eng samarali taʼsir koʻrsatishi aniqlandi. Ular boshqa oqsillarga taʼsir qilmasdan faqat koronavirus fermentini topishi va bloklashi mumkin.

Taʼkidlanishicha, SARS-CoV-2 PLpro’ning oʻxshash xususiyatlari uni bir qator virusga qarshi preparatlarning nishoniga aylantiradi.

Amerikalik bir guruh olimlar xuddi shunga oʻxshash xulosaga kelishdi. Ular SARS-CoV-1, SARS-CoV-2 va MERS-CoV koronaviruslari bir xil zaiflikka ega ekanligini aniqladilar. Tadqiqotchilar Tom70 fermentiga eʼtibor qaratdilar, u ham virusning replikatsiyasiga taʼsir qiladi, ammo Orf9b koronavirus genomi bilan oʻzaro aloqada dorilarga qarshiligini yoʻqotadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)

Asosiy mavzular