15:36 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
21601

Sal oldin RFning qrim regionidan deputati Mixail Sheremet Ukraina tomonidan yaratilayotgan yarimorolni Ukraina yurisdiktsiyasiga qaytarish boʻyicha Qrimga qarshi ittifoq mahkum etilgani va uning ishtirokchilari uchun muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi muqarrarligini aytgan edi.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy seshanba kuni Donbassda tinchlik oʻrnatish va Qrimning "qaytarilishini" oʻzining ustuvor vazifasiligi haqida taʼkidladi.

"Donbassda tinchlik oʻrnatish va Qrim okkupatsiyasiga barham berish - mening muhim ustuvor vazifam", - dedi Zelenskiy Oliy radaga yoʻllagan anʼanaviy murojaatida Ukraina ichki va tashqi holati haqida toʻxtalar ekan.

Uning soʻzlariga koʻra, hukumat oʻz hududlarini qaytarish maqsadida taʼsirchan instrumentlarni izlamoqda.

U shuningdek, Kiyev yarimorolni Ukraina tarkibiga qaytarish masalasini muhokama qilish maqsadida "Qrim platformasi" formatini yaratayotganini eslatib oʻtdi. "Men ushbu tashabbusni YEI, Buyuk Britaniya, Kanada, Turkiya va boshqalar bilan batafsil muhokama qildim. Koʻpchilik tomonidan bu formatga qoʻshilib, unda ishtirok etish istagi bildirildi", - dedi Zelenskiy.

Sal oldin RFning qrim regionidan deputati Mixail Sheremet Ukraina tomonidan yaratilayotgan yarimorolni Ukraina yurisdiktsiyasiga qaytarish boʻyicha Qrimga qarshi ittifoq mahkum etilgani va uning ishtirokchilari uchun muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi muqarrarligini aytgan edi.

Sheremetning taʼkidlashicha, Qrim Rossiyaga umrbod qaytarilgan va qrimliklarning referendumdagi tanlovi oʻzgarmas va qatʼiydir.

Asosiy mavzular