16:18 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
201 0 0

Rossiyada bir kunda 16 319 kishida virus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 1,4 milliondan oshib ketdi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Oʻtgan kun davomida Rossiyada 16 319 ta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu pandemiya boshlangan buyon rekord darajada kasallanishdir.  

Eng koʻp kasallanish Moskva (4999), Sankt-Peterburg (693) va Moskva viloyatida (426) qayd etilgan.

Shu tariqa Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1,4 milliondan oshgan. Shulardan 1 085 608 nafari tuzalib ketgan. 24 635 kishi virus qurboniga aylangan.

Worldometers maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab 40,7 milliondan ziyod kishi yangi koronavirus bilan kasallangan. Qurbonlar soni 1,1 milliondan oshgan. Eng koʻp kasallanish AQSH (8,4 mln), Hindiston (7,5 mln), Braziliya (5,2 mln), Rossiya (1,4 mln) va Ispaniya (1 mln) va Argentinada (1 mln) qayd etilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
Teglar:
vaktsina, Rossiya, koronavirus

Asosiy mavzular