18:25 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
502 0 0

Turkiya prezidentining soʻzlariga koʻra, soʻnggi paytlarda “frantsuz islomi”, “Yevropa islomi”, “Avstriya islomi” kabi tushunchalar paydo boʻlmoqda.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdogʻan frantsiyalik hamkasbi Emmanuel Makronni uning “maʼrifatli islom” gʻoyasi uchun tanqid qildi.

Avvalroq Makron Frantsiyada separatizmga qarshi kurashish mavzusida chiqish qilgan edi. U respublika qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan tegishli qonun loyihasi 9 dekbr kuni taqdim etilishi maʼlum qildi. Islom separatizmiga qarshi kurash doirasida Frantsiya hukumati bolalarga taʼlim berishga alohida eʼtibor qaratmoqchi.

Shuningdek, Makron Frantsiya Musulmonlari kengashi bilan birgalikda mamlakatda “maʼrifatli islomni” barpo etishga imkon beruvchi tashkilot tashkil etish zarurligi toʻgʻrisidagi gʻoyani oʻrtaga tashlagan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Frantsiyada islomni xorijiy taʼsirdan xoli etish va masjidlarni moliyalashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish lozim.

“Soʻnggi paytlarda “frantsuz islomi”, “Yevropa islomi”, “Avstriya islomi” kabi tushunchalar paydo boʻlmoqda. Frantsiya prezidenti Makron boshchiligidagi bunday tashabbuslarning asosiy maqsadi Islom va musulmonlar bilan hisob-kitob qilishdir. Ular diniy marosimlarni faqat uyda oʻtkazish mumkin boʻladigan, diniy ramzlar taqiqlanadigan islomga qarshi tizim yaratishmoqchi. Dinni shakllantirishga intilayotgan ushbu tizimning nomi demokratiya emas, balki totalitarizmdir”, - dedi Erdogʻan Islom hamkorligi tashkiloti videokonferentsiyasidagi chiqishida.

Teglar:
islom dini, Frantsiya, Turkiya, Erdoʻgʻon, Makron

Asosiy mavzular