05:52 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
53611

“Rangli inqiloblar” boʻyicha AQSH ekspertlar Moldaviyaga borishga hozirlik koʻrmoqda - Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. AQSH Moldaviyada prezidentlik saylovlaridan soʻng ushbu davlat uchun inqilobiy stsenariy tayyorlamoqda, dedi Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin.

“AQSH Rossiya chegaralari yaqinida Moskvaga doʻstona davlatlarning ichki ishlariga tortinmasdan aralashishni davom ettirmoqda. Saylovdan keyingi vaziyatga Belarus va Qirgʻizistonda taʼsir oʻtkazishga qoʻpol urinishlar qilinmoqda. Keyingi nishon - Moldaviya", - dedi u.

Vashington respublikaning amaldagi rahbari Igor Dodon "MDH davlatlari, shu jumladan Rossiya bilan konstruktiv aloqalarni olib borayotgani" uchun maʼqul kelmayapti, deydi Narishkin. Shu sababli "rangli inqiloblar" boʻyicha bir guruh amerikalik ekspertlar ovoz berish arafasida Moldovaga joʻnab ketishga hozirlik koʻrmoqda.

"AQSH Davlat departamenti Kishinyovdagi elchixonasiga qayta saylangan taqdirda (Dodon - tahr.) ovoz berish natijalarini bekor qilishni talab qilgan holda ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirish maqsadida muxolifatni tayyorlashni buyurdi", - dedi TRX rahbari.

Moldaviyada 1 noyabrda saylovlarni oʻtkazish rejalashtirilgan, prezidentlikka 8 nomzod daʼvogarlik qilmoqda.

Asosiy mavzular