14:36 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
66 0 0

Qirgʻiziston parlamentiga takroriy saylovlar 2020 yilning 20 dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Ushbu qaror mamlakat MSK tomonidan qabul qilingan.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Qirgʻiziston Markaziy saylov komissiyasi takroriy parlament saylovi 20 dekabr sanasiga belgiladi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qilmoqda.

“Qarorni MSK aʼzolari majlisda qabul qildi. Ilgari MSK saylovlarni aynan shu kuni, 20 dekabr kuni oʻtkazishni taklif qilgan edi”, - deyilgan xabarda.

Qirgʻizistonda parlament saylovlari 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan edi. 5 oktyabr kuni Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi boʻlganlarning norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar tezda tartibsizliklarga aylanib ketdi. 6 oktyabr kuni MSK saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Asosiy mavzular