13:19 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
65420

Rossiyada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan kelgan mehnat migrantlariga mamlakatda toʻplangan staj uchun pensiya toʻlanadi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiyada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan kelgan mehnat migrantlariga mamlakatda toʻplangan staj uchun pensiya toʻlanadi.

Dmitriy Poletayev
© Foto : Iz lichnogo arxiva Dmitriya Poletayeva

Davlat Dumasi 21 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda bu haqda tegishli kelishuvni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida qonun loyihasini koʻrib chiqishni rejalashtirgan.

Bir necha yildan beri YEOOIga aʼzo boʻlgan davlatlar mehnat migrantlarini pensiya bilan taʼminlash boʻyicha tegishli ish olib borilmoqda.

2019 yil 20 dekabrda Sankt-Peterburgda YEOII davlatlari rahbarlari tomonidan kelishuv imzolangan va Rossiya, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Belarus oʻrtasida pensiya taʼminoti masalalarini tartibga soladi.

Hujjatga koʻra, pensiya staji qaysi hududda toʻplangan boʻlsa shu davlat tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi.

Kelishuvning asosiy maqsadi – YEOIIga aʼzo davlatlari ishchilarining pensiya huquqlarini, ish bilan taʼminlangan davlat fuqarolari bilan bir xil shartlarda va tartibda shakllantirish.

Pensiyani olish uchun yashash joyidagi pensiya idoralariga yoki mazkur shaxs ishlaydigan mamlakatning tegishli muassalariga murojaat qilishi zarur. Agar hujjatlar Rossiyada taqdim etilsa, ular Rossiya qonunchiligida belgilangan tartibda taqdim etilishi kerak.

Asosiy mavzular