05:46 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
32610

Hujjatda "etik mulohazalar va maxfiylilik sabablari tufayli" oʻlim sabablari ochiqlanmagan, shuningdek, koʻngilli platsebo yoki faol preparat olganligi haqida ham maʼlumotlar keltirilmagan.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Braziliya sogʻliqni nazorat qilish boʻyicha milliy agentligi - Anvisa - Britaniya AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universitetining koronavirusga qarshi vaktsinasi sinovlarida ishtirok etgan Braziliya fuqarosi vafot etganligi haqida xabar berdi.

Nazorat organi bayonoti G1 portalida eʼlon qilingan.

Hujjatda "etik mulohazalar va maxfiylilik sabablari tufayli" oʻlim sabablari ochiqlanmagan, shuningdek, koʻngilli platsebo yoki faol preparat olganligi haqida ham maʼlumotlar keltirilmagan.

AstraZeneca G1ga vaktsinani sinovdan oʻtkazgan koʻngilli oʻlimi boʻyicha rasmiy pozitsiyaga ega emasligi va ushbu maʼlumotga izoh bermasligini maʼlum qilgan.

Anvisa maʼlumotiga koʻra, vaktsinalar sinovi xavfsizligini baholash boʻyicha xalqaro qoʻmita ushbu hodisa boʻyicha oʻtkazilgan tergov ishlaridan ayrim maʼlumotlarni taqdim etgan va sinovlarni davom ettirish taklifini ilgari surgan.

Braziliya OAVlari "xalqaro surishtiruv bilan bogʻliq manbalarga tayanib" xabar berishlaricha, COVID-19 asoratlaridan vafot etgan koʻngilli platsebo olgan.

Ushbu holatga Oksfordda izoh berishdi. Xususan, universitet rasmiy vakili vaktsina xavfsizligini, uning sinovlari davom ettirilishini maʼlum qilgan.

"Ushbu masala Braziliyada sinchkovlik bilan oʻrganilgach, klinik sinovlar xavfsizligi borasida tashvish yuzaga kelmadi. Braziliya regulyatori xulosalariga qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan mustaqil surishtiruv ishlari sinovlarni davom ettirishni tavsiya etdi", - deyiladi bayonotda.

Asosiy mavzular