05:12 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
147110

Germaniya olimlari ilk marta Yerda 252 million yil oldin sodir boʻlgan global falokat tafsilotlarini tasvirlab berishdi.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Germaniyadagi Okean tadqiqotlari markazi va Gelgolts nomidagi Geologiya fanlarini oʻrganish markazi olimlari ilk marta Yerda 252 million yil oldin sodir boʻlgan global falokat tafsilotlarini tasvirlab berishdi. Bu haqda RIA Novosti EurekaAlert’ga asosan xabar qildi.

Yerdagi falokat natijasida dengiz hayvonlarining 95 foizi va quruqlikdagi hayvonlarning 75 foizi qirilib ketgan edi. Bunga hozirgi Sibir hududida Perm va Trias davrlari chegarasida vulqon faol harakati sabab boʻlgan deb taxmin qilinadi, ammo bunga aniq dalillar yoʻq edi.

Tadqiqotda nemis olimlari 252 million yil oldin Tetis okeanining shelf dengizlari tubidagi qazilma braxiopodlarning qobigʻidan foydalandilar. Qobiqdagi bor elementining izotoplarini oʻlchash orqali ular turlarning ommaviy qirilib ketishidan oldin va keyin dengiz suvining pH koʻrsatkichlarining oʻzgarishini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi. pH darajasiga atmosferadagi karbonat angidrid miqdori taʼsir qilganligi sababli, ushbu maʼlumotni ham qayta tiklandi.

Maʼlum boʻlishicha, magmaning koʻlamdor oqimi juda koʻp miqdorda parnik gazini chiqardi. Uning atmosferada toʻplanishi bir necha ming yillarga choʻzilib, okeanning kuchli isishi va kislotaliligini keltirib chiqardi. Bu dengiz kalsifikatsiya qiluvchi organizmlarning yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi.

Parnik effekti quruqlikdagi harorat va kimyoviy ob-havoning oshishiga olib keldi. Koʻp miqdordagi ozuqa moddalari okeanga tushdi, ularni ortiqcha urugʻlantirdi va kislorodsiz oʻlik zonalar hududi kengaydi. Bir vaqtning oʻzida bir nechta omillarning taʼsiri hayvonlarning turli guruhlarini yoʻq qildi.

Gidrat metanning erishi - falokatning yana bir sababi sifatida ehtimoldan yiroq edi.

Tadqiqot guruhi rahbari Xana Yurikova tushuntirishicha, qadimgi vulqon otilishini antropogen uglerod chiqishi bilan taqqoslash kerak emas: barcha qazib olinadigan yoqilgʻilar yoqilishi atmosferada CO2ning Perm va Trias davrlari chegarasida boʻlgani kabi koʻpayishiga olib kelmaydi.

"Shu bilan birga, hozirgi kunda parnik gazining toʻplanish surʼati Yer tarixidagi eng katta biologik falokat paytida kuzatilgan koʻrsatkichdan 14 baravar yuqori ekanligi xavotirga sabab boʻlmoqda", - deb qoʻshimcha qildi olim.

Asosiy mavzular