16:18 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
118520

Rossiya harbiylari yoshlarni harbiy xizmatga jalb etishning antiqa uslubini topishdi. Ilk tajribada yangi chora 100 % samarali ekanini namoyish qildi.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Rossiyaning Kursk shahrida 17 yoshli oʻquvchi qiz 30 nafar yigitlarni harbiy xizmat uchun voyenkomatga olib kelishga yordam berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Oʻquvchi qiz uyma-uy yurib chaqiriq yoshiga yetgan yigitlarga "povestka" topshirishda yordam bergan. Yigitlar eshik ortida turgan qizni koʻrib, ikkilanmasdan eshikni ochishganda ularning qoʻliga voyenkomat povestkasi tutqazilgan.

"Men harbiy xizmatni oʻtab kelgan yoshlarga hurmat bilan qarayman. Buni sharafli majburiyat deb hisoblayman va ushbu ishni amalga oshirishda yordam berdim", - deydi u qiz bolaning oʻzi.  

Xabarda aytilishiga koʻra, povestka olgan yigitlarning barchasi oʻz vaqtida harbiy muassasaga yetib kelgan. 

Voyenkomat esa ushbu tajribadan mamnun. Ular kelajakda ham bunday amaliyotdan foydalanishlari mumkinligini xabar qilishgan. Yordamchi qizga esa - minnatdorlik qogʻizi topshirilgan. 

Asosiy mavzular