05:31 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
81880

Habib Nurmagomedov Jastin Getji bilan jangda gʻalaba qozondi va uchinchi marta yengil vaznda UFC kamarini himoya qildi.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Bugun Abu-Dabidagi UFC 254 musobaqasi oʻtkazildi. Unda rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji bilan kechgan jangda gʻalaba qozondi.

Rossiyalik jangchi ikkinchi raundda amerikalik sportchini magʻlubiyatga uchratdi. Nurmagomedov yengil vaznda UFC chempionligini himoya qildi.

Nurmagomedov aralash yakkakurash yoʻnalishidagi karyerasida 29 jang oʻtkazdi, ularning barchasida gʻalaba qozondi.

Nurmagomedov bu uning soʻnggi jangi ekanligini eʼlon qildi.

“Onam otamsiz jang qilishimni istamagandilar, men bu mening oxirgi jangim boʻladi deb vaʼda berdim”, - dedi Nurmagomedov.

Asosiy mavzular