07:45 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
105010

Turkiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Yevropa islomofobiyadan tezroq xalos boʻlishi lozim. Aks holda bu uning yemirilishiga sabab boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Yevropa “musulmonlarga qarshi front ochib”, oʻz kunining yakunlanishiga tayyorgarlikni boshlaganini maʼlum qildi.

“Yevropa aslida musulmonlarga qarshi oʻzining fronti bilan oʻz yakunini hozirlamoqda. Agar Yevropa davlatlari siyosiy va iqtisodiy jihatdan qayta qurilgan global tizimdagi mavqelarini saqlamoqchi boʻlsalar, ular oʻz tanalarida ushbu islomofobiya kasalligidan xalos boʻlishlari kerak. Aks holda, ushbu kasallik butun Yevropani Frantsiyadan Germaniyaga qadar yemiradi”, - dedi Erdogʻan. Uning soʻzlaridan Sputnik Turkiya iqtibos keltirgan.

U Germaniya huquqni muhofaza qilish organlarining Berlindagi Mavlono masjidida oʻtkazgan amaliyotiga shunday izoh bergan. Turkiya yetakchisi “Yevropa fashizmi” yangi bosqichga chiqayotganligini taʼkidlagan.

Avvalroq OAVlar 21 oktyabr kuni Berlindagi Mavlono masjidida reyd oʻtkazilganini xabar qilgan edi. Germaniya politsiyachilar bomdod namozi vaqtida masjidga bostirib kirgan va firibgarlik ishi boʻyicha tintuv oʻtkazgan. Niqobda boʻlgan 150 ga yaqin politsiyachi poyabzallari bilan joynamozlar ustidan yurishgan. Politsiya masjid koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz sabab 70 ming yevro subsidiyani noqonuniy oʻzlashtirgan deb hisoblamoqda.

Asosiy mavzular